BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilda persona non grata deb e’lon qilindi. Bu bilan Guterrishning Isroilga kirishi ta’qiqlandi. Isroil tashqi ishlar vaziri buning sababi sifatida bosh kotib Eronning Isroilga qilgan hujumini “qat’iy qoralay olmagani”ni keltirdi.
O‘zbekistonga kelgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga prezident oliy darajali “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bosh kotib, shuningdek, Senat raisi bilan uchrashdi, Hazrati Imom majmuasi va poytaxt mahallalaridan biriga bordi, Toshkent viloyatida “yashil” energetika sohasi bilan tanishdi. Foto.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Uni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib ko‘rish rejalashtirilgan.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish shanba kuni O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrifini boshlaydi. 4-iyul kuni u Ostonadagi SHHT sammitida nutq so‘zlaydi. BMT rahbari bundan avval 2017-yilda mintaqaga tashrif buyurgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.
Dunyodagi yadroviy tahdid geosiyosiy raqobat tufayli sovuq urush darajasiga yetdi, dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. U xalqaro hamjamiyatni yadroviy qurollarni yo‘q qilishga va uni tarqatmaslik rejimini kuchaytirishga chaqirdi.
BMT va uning institutlari “O‘zbekiston-2030” islohotlar strategiyasini amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyor, dedi tashkilot rahbari Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda.
“Global isish davri tugadi, global qaynash davri kirib keldi”, — deya ma’lum qildi BMT rahbari. Meteorologlarning fikricha, joriy yilning iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ladi. Bu oyda eng issiq uch hafta va eng issiq uch kun qayd etildi.
BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida iqlim ofatlaridan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasini tashkil etishga qaror qilindi. Shu bilan birga, qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish va global isishni Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja oralig‘ida ushlab turish zarurati masalalari ochiq qoldi.
Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMTning Nyu-Yorkda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bosh kotib O‘zbekiston va BMT o‘rtasida kengayib borayotgan hamkorlikni olqishladi. Guterrish O‘zbekiston tinchlik, xavfsizlik, inson huquqlari va iqlim kabi sohalarda ishonchli hamkor ekanini qayd etdi.
Chorshanba kuni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Kamilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda mintaqaviy xavfsizlik va barqaror rivojlanish, Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi o‘tkazilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar masalalari muhokama qilingan.
Ekstremal ob-havo holati — Yerdagi iqlim o‘zgarishining kundalik «yuzidir», deyiladi Jahon meteorologiya tashkilotining yangi hisobotida. Global energiya ishlab chiqarishni zudlik bilan o‘zgartirish orqaligina iqlim halokatining oldini olish mumkin. BMT qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish rejasini taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting